«Bavariya» rahbariyati fransiyalik vinger Maykl Olise bilan hamkorlikni uzaytirish bo‘yicha muzokaralarni davom ettirmoqda. Insayder Ekrem Konurning ijtimoiy tarmoqlarda xabar berishicha, Germaniya chempioni futbolchining kelajagini uzoq muddatga Myunxen klubi bilan bog‘lashni istamoqda.
Manbaga ko‘ra, nemis grandi yarimhimoyachiga yiliga taxminan 25 mln yevro maosh taklif qilgan. «Bavariya» Oliseni jamoaning muhim futbolchilaridan biri sifatida ko‘radi va yangi shartnoma bo‘yicha kelishuvni imkon qadar tezroq yakunlash niyatida.
Ma’lumot uchun, Maykl Olise 2024-yildan buyon Myunxen klubi safida to‘p surmoqda. Uning amaldagi shartnomasi 2029-yil iyun oyi oxirigacha mo‘ljallangan. Transfermarkt portali fransiyalik futbolchining bozor qiymatini 180 mln yevroga baholamoqda.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi