Gruziyalik kurashchi Saba Lazishvili Abu-Dabidagi mushtlashuvdan so‘ng Umar Nurmagomedovni kurash bahsiga chorladi.
«Biz Umar bilan ham, Usmon bilan ham — ular qarshimizga kimni chiqarishsa, o‘sha bilan kurash tushishga tayyormiz. Ammo men eng ko‘p aynan Umar bilan uchrashishni xohlayman. Chunki bu men uchun shaxsiy masalaga aylandi. Sahna ortida ayrim voqealar sodir bo‘ldi. Yuz bergan holat menga haqiqatan ham og‘ir botdi.
Agar sen meni ursang, jismonan og‘riq sezmayman. Tiklanaman, ko‘karishlarim ham ketadi. Ammo insonni juda qattiq hurmat qilsang, u bilan ilk bor shaxsan uchrashsang va tanishuv chog‘ida u qanday taassurot qoldirganini ko‘rsang, bu narsa uzoq vaqt xotirangda saqlanib qoladi. U menda o‘zi haqida juda yomon taassurot qoldirdi», — deya Lazishvilining so‘zlarini keltiradi Ariel Helvani.
Lazishvili: «Umar bilan kurashga tushmoqchiman. Bu endi shaxsiy masalaga aylandi»
MMA
18 noyabr, 13:50
Gruziyalik kurashchi Nurmagomedov bilan bog‘liq voqea unga og‘ir botganini aytdi.
Foto: Getty Images