Live
2
O'zbek

«Barselona» Espart bilan uzoq muddatli yangi shartnoma imzolaydi

Futbol
18 noyabr, 13:14
Ayni paytda u jarohatidan tiklanish jarayonini davom ettirmoqda.
«Barselona» Espart bilan uzoq muddatli yangi shartnoma imzolaydi
Фото: Getty Images

«Barselona» klubi himoyachi Xavi Espart bilan shartnomani 2030-yil 30-iyungacha uzaytirishga tayyorlanmoqda.

Kataloniyaliklar oktabr oyi boshidayoq Espart bilan kelishuvga erishilganini e’lon qilgan edi. Uning avvalgi shartnomasi 2028-yilgacha amal qilishi kerak edi, ammo yosh futbolchining joriy mavsum asosiy jamoada o‘zini ko‘rsatishi rahbariyatni kelishuv shartlarini yaxshilashga undadi.

Kataloniyalik futbolchi o‘tgan mavsum asosiy jamoada debyut qilgan. Espart «Real»ga qarshi El-Klasikoda to‘pig‘idan jarohat olguniga qadar bu mavsum to‘qqizta uchrashuvda maydonga tushgan. Ularning sakkiztasi La Liga, bittasi Chempionlar ligasi doirasida bo‘lib, futbolchi ikkita gol va ikkita golli uzatmani o‘z hisobiga yozdirgan.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Barselona Barselona
Bugungi yangiliklar