«Manchester United» qishki transfer oynasida jamoa safini markaziy hujumchi bilan kuchaytirishni rejalashtirmoqda.
Caught Offside nashri xabar berishicha, mankunianliklar transfer maqsadlari ro‘yxatiga to‘rt nafar futbolchini kiritgan.
Ular — «Benfika» hujumchisi Vangelis Pavlidis, «Galatasaray» a’zosi Viktor Osimhen, «Borussiya D»dan Seru Girassi hamda Saudiya Arabistonining «Al Ahli» jamoasida to‘p surayotgan angliyalik forvard Ayvan Touni.
Manbaga ko‘ra, «Manchester United»ning yangi bosh murabbiyi Maurisio Pochettino «Chelsi»da ishlagan davrida ham Osimhenni jamoaga olib kelishga uringan. Biroq o‘shanda transfer amalga oshmagan. Hozirda ham nigeriyalik hujumchining transferi uning yuqori narxi va maosh bo‘yicha talablari sababli qiyin ko‘rinmoqda.
Pavlidis varianti esa amalga oshishi nisbatan osonroq deb baholanmoqda. Qolaversa, futbolchining o‘zi ham APLda o‘ynashga qarshi emas.
Shuningdek, Touni qishda APLga qaytishga tayyor ekani aytilmoqda. Shu bois u «Manchester United» uchun qisqa muddatli istiqbolda munosib variant bo‘lishi mumkin. Girassi esa klubning asosiy transfer maqsadi hisoblanmaydi. Shunga qaramay, «Manchester United» uni bir muddatdan buyon kuzatib kelmoqda va tarkibdagi raqobatni kuchaytirish uchun munosib nomzod sifatida ko‘rmoqda.