«Manchester Siti»ning sobiq bosh murabbiyi Pep Gvardiolaga Saudiya Arabistonidan takliflar kelib tushgan. Bu haqda uning agenti Josep Maria Orobitg ma’lum qildi.
Agentning so‘zlariga ko‘ra, takliflar vositachilar orqali yetkazilgan, biroq ispaniyalik mutaxassis ularni ko‘rib chiqishdan qat’iyan bosh tortmoqda.
«Pep o‘z kelajagi borasidagi rasmiy muhokamalarni kelasi mavsum startidan oldin boshlaydi. Hozircha bu — qat’iy qaror», — deya qo‘shimcha qildi Orobitg.
Eslatib o‘tamiz, 55 yoshli Gvardiola o‘tgan mavsum yakunida «Siti» bilan xayrlashgandi. U faoliyati davomida «Barselona» va «Bavariya» klublarini ham boshqargan.
Gvardiola Saudiya Arabistonidan tushgan takliflarni rad etdi
Futbol
18 noyabr, 11:30
19
«Siti»ning sobiq ustozi kelasi mavsumgacha ishga qaytmoqchi emas.
Foto: Getty Images
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi