17 noyabr kuni Budapeshtda o‘tayotgan Total Chess Pilot 2026 turnirida kutilmagan hodisa yuz berdi.
Magnus Karlsen qozog‘istonlik Bibisara Asaubayevaga qarshi 45+30 formatidagi tezkor klassik partiyani o‘ynamaslikka qaror qildi.
U bungacha blits va rapid bahslarida 11,5:0,5 hisobida oldinga chiqib, birinchi kun g‘olibligini kafolatlagan edi.
Karlsen partiyadan oldin hakamlar bilan gaplashdi va taxta yoniga o‘tirmadi.
Bibisara esa raqibini 15 daqiqa kutishga majbur bo‘ldi.

Belgilangan vaqt tugagach, hakamlar Karlsenga texnik mag‘lubiyat, Bibisaraga esa 8 ochkolik g‘alaba yozdi.
Shunday qilib, birinchi kun 11,5:8,5 hisobida Karlsen foydasiga yakunlandi.
Bu qaror shaxmat olamida katta bahs-munozaralarga sabab bo‘ldi.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi