«Manchester Yunayted»ning yangi bosh murabbiyi Maurisio Pochettino jamoasi yana «Manchester Siti»dan yuqorida bo‘lishiga va’da berdi.
Seshanbadan chorshanbaga o‘tar kechasi AQSh terma jamoasi argentinalik mutaxassis boshchiligidagi so‘nggi uchrashuvida KONKAKAF Millatlar ligasi doirasida Haitini 2:0 hisobida mag‘lub etdi.
O‘yindan so‘ng TNT Sports telekanali boshlovchisi, 2006/07-yilgi mavsumda ijara asosida «Manchester Siti»da to‘p tepgan Demarkus Bizi hazil tariqasida shunday dedi: «Manchester ko‘k va u doimo ko‘k bo‘lib qoladi».
«Yo‘q, hali ko‘rasiz. Menga vaqt bering, shunda hammasi o‘zgaradi», — deya kulib javob qaytardi Pochettino.
Pochettino: «Menga vaqt bering, Manchester yana ko‘kdan qizilga qaytadi»
Futbol
18 noyabr, 10:10
20
«MYU»ning yangi bosh murabbiyi «shaharliklar»ning sobiq futbolchisiga javob qaytardi.
Foto: Getty Images
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi