Live
2
O'zbek

Irlandiyalik 31 yoshli bokschi jangdagi jarohatlari oqibatida vafot etdi

Boks
18 noyabr, 10:35
Li Rivz avgust oyidagi jangda nokautga uchrab, shifoxonaga olib ketilgandi.
Irlandiyalik 31 yoshli bokschi jangdagi jarohatlari oqibatida vafot etdi
Foto: Getty Images

Irlandiyalik bokschi Li Rivz Dublinda bo‘lib o‘tgan musobaqada nokautga uchraganidan so‘ng 31 yoshida vafot etdi.

1-avgust kuni Rivz Geri Kulliga qarshi jangning 10-raundida nokautga uchradi. Jangdan so‘ng u shifoxonaga olib ketildi. 16-noyabr kuni esa jang davomida olgan jarohatlari oqibatida vafot etdi.

31 yoshli Li Rivz professional faoliyati davomida 16 ta g‘alaba va 2 ta mag‘lubiyat qayd etgan.

Bugungi yangiliklar