Live
6
O'zbek

«Real» sobiq darvozaboni Adan faoliyatini yakunladi

Futbol
18 noyabr, 14:30
Uning faoliyatidagi so‘nggi jamoa esa Eronning «Istiqlol» klubi bo‘ldi.
«Real» sobiq darvozaboni Adan faoliyatini yakunladi
Фото: Getty Images

Madridning «Real» klubi sobiq darvozaboni Antonio Adan 39 yoshida professional futbolchilik faoliyatini yakunlashga qaror qildi. Bu haqda ispaniyalik futbolchi ijtimoiy tarmoqdagi shaxsiy sahifasida ma’lum qildi.

«Bu haqda uzoq o‘yladim va futbolchilik faoliyatimni yakunlayotganimni e’lon qilmoqchiman. Bolaligimda orzu qilgan barcha narsalarni boshdan kechirdim. G‘alabalarga erishdim, mag‘lubiyatlarni ham qabul qildim, yig‘ladim va quvondim. Eng muhimi, ko‘p narsani o‘rgandim. Bugun ega bo‘lgan barcha narsam uchun futboldan minnatdorman. Bularning barchasi xotiramda abadiy saqlanib qoladi», — dedi Adan.

Antonio «Real» klubi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U 2013-yilga qadar madridliklar tizimida bo‘lgan. Keyinchalik u «Kalyari», «Betis», «Atletiko» va Portugaliyaning «Sporting» klubi darvozasini qo‘riqladi. Uning faoliyatidagi so‘nggi jamoa esa Eronning «Istiqlol» klubi bo‘ldi.

Bugungi yangiliklar