Live
4
O'zbek

Ryudiger: «Mourinio avval ham meni jamoalarida ko‘rishni istagan. Nihoyat, yo‘llarimiz tutashdi»

Futbol
18 noyabr, 14:55
«Real» himoyachisi portugaliyalik mutaxassis bilan munosabatlari haqida gapirdi.
Ryudiger: «Mourinio avval ham meni jamoalarida ko‘rishni istagan. Nihoyat, yo‘llarimiz tutashdi»
Foto: Getty Images

«Real» himoyachisi Antonio Ryudiger bosh murabbiy Joze Mourinio bilan munosabatlari haqida gapirdi.

«Mavsum yakunlanishiga oz vaqt qolganida menga qo‘ng‘iroq qilishdi va Joze jamoani boshqarishini aytishdi. U mening jamoada qolishimni xohladi. Shu paytdan boshlab hammasi oydinlashdi.

Mourinio meni bir necha bor o‘z jamoasiga taklif qilmoqchi bo‘lgan. Masalan, u «Tottenhem»da ishlagan paytida, men Lempard qo‘l ostida «Chelsi»da kam o‘ynayotgandim. Hatto yoshligimda ham meni taklif qilishni istagan. Bizning o‘z tariximiz bor. Nihoyat, 33 yoshimda yo‘llarimiz birlashdi.

U jamoada ko‘p narsani o‘zgartirdi, deb aytmagan bo‘lardim. U muvozanatli jamoaga keldi. Mourinio muvaffaqiyatli jamoani qanday shakllantirishni yaxshi biladi va hozir buni amalga oshirdi. Asosiy tarkibda kim o‘ynashi yoki zaxiradan maydonga tushishining ahamiyati yo‘q.

U hazillashadi, ammo faqat kiyinish xonasida. Ertalab kelganida, doimo aytib beradigan gapi bo‘ladi. Lekin maydonda hazilga o‘rin yo‘q»
, — deya germaniyalik himoyachining so‘zlarini keltiradi The Athletic.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Real Madrid Real Madrid
  • Ispaniya La Ligasi Ispaniya La Ligasi
Bugungi yangiliklar