Live
2
O'zbek

«O‘rnimga kelib, o‘ynab ko‘r» — Amad uni tanqid qilgan blogerga javob qaytardi

Futbol
18 noyabr, 15:17
Bloger Kot-d’Ivuar safida qulay vaziyatdan gol ura olmagan «MYu» vingerini tanqid qilgandi.
«O‘rnimga kelib, o‘ynab ko‘r» — Amad uni tanqid qilgan blogerga javob qaytardi
Foto: Getty Images

«Manchester Yunayted» klubi va Kot-d’Ivuar milliy jamoasi yarimhimoyachisi Amad Diallo ijtimoiy tarmoqda bloger bildirgan tanqidga javob qaytardi.

Kontent yaratuvchi bloger 24 yoshli futbolchini milliy jamoa safidagi o‘yinda qulay gol vaziyatidan foydalana olmagani uchun tanqid qildi.

Kot-d’Ivuar Afrika Millatlar kubogi saralash bosqichida Gambiya bilan 2:2 hisobida durang o‘ynadi. Diallo uchrashuvning 13-daqiqasida jamoasining birinchi goliga assistentlik qildi. 65-daqiqada esa almashtirildi.

«Og‘zingni yum, birodar. Juda ko‘p gapiryapsan.

Agar bu seni shunchalik tashvishga solayotgan bo‘lsa, kelib mening o‘rnimga o‘ynab ko‘r»,
— deb yozdi Diallo ijtimoiy tarmoqda.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Manchester Yunayted Manchester Yunayted
  • Kot-d’Ivuar Kot-d’Ivuar
Bugungi yangiliklar