«Real» hujumchisi Kilian Mbappe jamoadoshi Arda Gulerning shartnomasi uzaytirilganiga munosabat bildirdi.
18-noyabr kuni Madrid klubi 21 yoshli yarimhimoyachi bilan yangi bitim imzolanganini e’lon qildi. Ushbu kelishuv 2032-yilgacha amal qiladi.
«Rahmat, bugun kechasi xotirjam uxlayman ❤️», — deb izoh qoldirdi Mbappe turkiyalik futbolchining ijtimoiy tarmoqdagi yangi shartnoma haqidagi posti ostida.
Arda bu mavsumda La Ligada 12 ta o‘yinda maydonga tushib, 3 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Ma’lumot uchun, yarimhimoyachi «Real»ga 2023-yili 20 million yevro evaziga «Fenerbahche»dan o‘tgan.
Mbappe Gulerning shartnomasi uzaytirilganiga: «Rahmat, endi xotirjam uxlayman»
Futbol
18 noyabr, 17:00
«Real» hujumchisi jamoadoshining Madrid klubi bilan yangi bitim tuzganidan xursandligini yashirmadi.
Foto: Getty Images