Live
4
O'zbek

Millatlar Ligasi. Pley-offning barcha ishtirokchilari ma’lum

Futbol
17 noyabr, 17:02
Chorakfinal bosqichiga qur’a tashlash marosimi 20-noyabr kuni bo‘lib o‘tadi.
Millatlar Ligasi. Pley-offning barcha ishtirokchilari ma’lum
Фото: Getty Images

UEFA Millatlar ligasining 2026/27-yilgi mavsumi guruh bosqichi yakunlandi.

Unga ko‘ra, Fransiya, Belgiya, Germaniya, Niderlandiya, Angliya, Ispaniya, Norvegiya va Portugaliya milliy jamoalari pley-off bosqichiga yo‘l oldi.

Chorakfinal bosqichiga qur’a tashlash marosimi 20-noyabr kuni bo‘lib o‘tadi. Ushbu bosqichning dastlabki uchrashuvlari 2027-yilning 25–27-mart kunlari, javob bahslari esa 28–30-mart kunlari o‘tkaziladi.

Millatlar ligasining hal qiluvchi final bosqichi 2027-yil 9–13-iyun kunlariga belgilangan.

Eslatib o‘tamiz, musobaqaning amaldagi g‘olibi — Portugaliya milliy jamoasi. O‘tgan mavsum finalida portugaliyaliklar Ispaniya bilan asosiy vaqtda 2:2 hisobida durang o‘ynab, penaltilar seriyasida 5:3 hisobida g‘alaba qozongan edi.

Shuningdek, Millatlar ligasi natijalari 2028-yilgi Yevropa chempionati saralash bosqichi bilan ham bog‘liq.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • UEFA Millatlar ligasi. A liga UEFA Millatlar ligasi. A liga
Yangi muhokama

Telegram’da birinchi bo‘lib fikr bildiring

Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar