Daniya milliy jamoasi hujumchisi Rasmus Hoylund Krishtianu Ronalduni o‘zining eng katta kumiri deb bilishini ta’kidladi. Fabritsio Romanoga bergan izohida «Napoli» futbolchisi portugaliyalik hujumchining o‘yin uslubi va xarakteridan ko‘p narsani o‘rganganini aytdi.
«Krishtianu Ronaldu — mening eng katta kumirim. Men uning gol urishga bo‘lgan chanqoqligi va mentalitetini o‘rganishga harakat qilganman.
U juda zo‘r inson. Yoshligimdan beri do‘stlarim bilan uning o‘zini tutishi va maydondagi harakatlariga havas qilib kelganmiz», — dedi Hoylund.
Eslatib o'tamiz, Millatlar ligasi doirasida Daniya Portugaliyani 3:1 hisobida mag'lub etgan edi.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi