Britaniyalik jurnalist Pirs Morgan Portugaliya milliy jamoasi bosh murabbiyi Jorje Jezushning Krishtianu Ronaldu haqidagi fikrlariga javob qaytardi. Mutaxassisdan Millatlar ligasida Daniyaga 1:4 hisobida mag‘lub bo‘lganidan keyin Ronaldu sog‘inilayotgani haqida so‘rashgan.
«U endi bu yerda emas. Nega uni sog‘inishimiz kerak?» — deya javob bergan Jezush.
Shundan so‘ng Morgan jurnalist Fabritsio Romano ushbu fikrni e’lon qilgan postga munosabat bildirdi.
«Agar Portugaliya bunday yirik mag‘lubiyatlarga yo‘l qo‘yishda davom etsa, bu masxaraboz ham milliy jamoada bo‘lmaydi», — deb yozdi Morgan X ijtimoiy tarmog‘ida.
Eslatib o‘tamiz, avvalgi xalqaro tanaffus vaqtida Ronaldu Portugaliya milliy jamoasi joylashgan qarorgohni o‘z xohishiga ko‘ra tark etgandi. Bunga bosh murabbiy Jorje Jezushning Norvegiyaga qarshi Millatlar ligasining ikkinchi turidagi bahsda (2:1) hujumchini zaxiradan maydonga tushirmaslik qarori sabab bo‘lgan.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi