Live
2
O'zbek

Millatlar ligasi. Ronaldusiz Portugaliya Daniyadan «tarsaki yedi», Shvetsiya va Avstriya A ligaga yo‘l oldi

Futbol
14 noyabr, 16:42
    20
«Yevropa Braziliyasi» o‘z tarixida ilk bor daniyaliklarga yirik hisobda yutqazdi.
Millatlar ligasi. Ronaldusiz Portugaliya Daniyadan «tarsaki yedi», Shvetsiya va Avstriya A ligaga yo‘l oldi
Фото: Getty Images

Yevropada Millatlar ligasining 5-tur uchrashuvlari davom etdi. Ronaldusiz qolgan Portugaliya (12, 1-o‘rin) o‘z maydonida Daniyani (9, 2-o‘rin) qabul qilib, sharmandali mag‘lubiyatga uchradi. Skandinaviyaliklar raqib darvozasini naq 4 marta ishg‘ol qildi. Hoylund dublga erishdi. Hoyberg va Andersen ham bittadan gol urdi. Mezbonlarning yagona goli Bernardo Silva hisobiga yozildi.

Shvetsiya (13, 1-o‘rin) o‘z maydonida Bosniyani (8, 2-o‘rin) qabul qilib, hisobda g‘alaba qozondi. Grem Potter jamoasi turnirning A ligasiga yo‘llanma oldi.

Ralf Rangnik boshqaruvidagi Avstriya (9, 1-o‘rin) ham Irlandiyani (6, 3-o‘rin) minimal hisobda yengib, A ligasiga yo‘llanma oldi.

Millatlar ligasi. 5-tur
Portugaliya — Daniya 1:4
Gollar:
Silva 90+4 – Hoyberg 43 (penalti), Hoylund 49, 57, Andersen 75.
Portugaliya
– Diogu Kosta, Dalot, Veyga, Diash, Samu Kosta, Vitinya, Nevesh (Palinya, 64), Fernandesh (Bernardu Silva, 79), Netu (Trinkau, 64), Feliks (Forbsh, 64), Ramush.
Daniya – Hermansen, Ba, Provstgor, Andersen (Nelsson, 82), Mele, Damsgor (Yensen, 66), Yulmann, Hoyberg, Isaksen (Skov, 66), Darami (Froholdt, 73), Hoylund (Osula, 73).

Shvetsiya — Bosniya va Gersegovina 3:2
Gollar:
Svensson 5, Gokeresh 11 (penalti), 45 – Gigovich 47, Kolashinats 62
Shvetsiya
– Yohansson, Svensson (Beyhmo, 90G‘, Lagerbilke, Lindelyof, Gudmundsson, Elanga (Kulusevski, 61), Nanasi (Nyugren, 61), Larsson, Ayari (Karlstryom, 90), Isak (Straud, 81), Gokeresh.
Bosniya – Zlomishlich, Katich, Kolashinats, Radelich (Memich 67), Dedic, Gigovich, Bashich (Tahirivich, 67), Alaybegovich, Bayraktarevich (Malich, 67), Tabakovich (Mahmich, 39).

Avstriya – Irlandiya 1:0
Gol:
Kalayjich 78.
Avstriya – Shlager, Posh (Horvat, 76), Linhart, Danso, Mvene, Baumgartner (Floruch, 76), Lang (Kalayjich, 60), Zayvald, Shmid (Affengruber, 90), Laymer, Gregorich.
Irlandiya – Kelleher, O’Shi, Kollinz, Skaylz, Moylan (Veyl, 69), Abankva (Laval, 80), Azaz, Menning, Ayda (Ogbenе, 68), Perrott.

Ruminiya – Polsha 2:1
Gollar:
Chikildeu 68, Man 72 – Regalu 82.
Polsha – Drongovski, Kesh (Pirka, 70), Potulski, Kiver, Kubyak, Novak (Jukovski, 90), Regula (Skuras, 90), Shimanski, Zalyevski, Sviderski, Levandovski (Benedichak, 70).

Shimoliy Irlandiya – Ukraina 1:0
Gol:
Devlin 68.
Ukraina – Trubin, Zabarniy, Sarapiy, Matviyenko, Mikolenko, Sudakov (Krasnopir, 72), Ocheretko (Nazarina, 81), Kashchuk (Dovbik, 90), Yarmolyuk, Yaremchuk, Sikan.

Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

20 izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar