«Benfika» vingeri Janluka Prestiani «Arsenal»ning qiziqish doirasiga tushdi. Bu haqda TyC Sports nashri xabar bermoqda.
Manba ma’lumotlariga ko‘ra, tomonlar futbolchining yanvar oyidagi ehtimoliy transferi bo‘yicha muzokaralarni boshlagan. Biroq argentinalik 20 yoshli futbolchining shartnomasida belgilangan tovon puli — 100 million yevro kelishuvni amalga oshirishni qiyinlashtirmoqda.
Bu mavsumda Prestiani barcha turnirlar doirasida 20 ta uchrashuvda maydonga tushib, raqiblar darvozasiga 12 ta gol urdi va 6 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning «Benfika» bilan shartnomasi 2029-yilgacha amal qiladi. Transfermarkt portali mutaxassislari uning bozor qiymatini 40 million yevro deb baholamoqda.