Meksikada amputantlar futboli bo‘yicha jahon chempionati start oldi. 13–22-noyabr kunlari o‘tkaziladigan musobaqada O‘zbekiston milliy jamoasi ham bosh sovrin uchun kurash olib boradi.
Jahon chempionatiga Meksikaning San-Xuan-de-los-Lagos shahri mezbonlik qilmoqda. Musobaqada 24 ta terma jamoa ishtirok etadi.
O‘zbekiston amputantlar futboli bo‘yicha jahon chempionatlari tarixida besh marta g‘olib chiqqan. Hamyurtlarimiz 1990, 1991, 2007, 2010 va 2012-yillarda oltin medallarni qo‘lga kiritgan. So‘nggi chempionlikdan buyon 14 yil o‘tdi.
Bu galgi mundialda milliy jamoa E guruhidan joy olgan. Guruh bosqichida AQSH, Urugvay va Marokash bilan kuch sinashadi.
O‘zbekiston dastlabki uchrashuvini 15-noyabrga o‘tar kechasi AQSHga qarshi o‘tkazadi. Keyingi raqib Urugvay bo‘ladi. Guruh bosqichining so‘nggi bahsida esa Marokashga qarshi maydonga tushiladi.
Ma’lumot uchun, Jahon chempionatining hal qiluvchi bahsi 22-noyabr kuni o‘tkaziladi.
Eslatib o‘tamiz, amputantlar futboli bo‘yicha amaldagi jahon chempioni Turkiya hisoblanadi. Turklar 2022-yilgi mundial finalida Angolani mag‘lub etgan edi.
O‘zbekistonning o‘yinlar taqvimi:
15-noyabr, 03:30. O‘zbekiston – AQSH
16-noyabr, 04:30. Urugvay – O‘zbekiston
16-noyabr, 21:00. O‘zbekiston – Marokash
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi