«Manchester Yunayted»ning yangi bosh murabbiyi Maurisio Pochettino qishki transfer oynasida klub rahbariyati tomonidan qo‘llab-quvvatlanadi. Bu haqda The Telegraph nashri xabar bermoqda.
Manba ma’lumotlariga ko‘ra, «qizil iblislar» yanvar oyida himoyachi va hujumchi sotib olishni rejalashtirmoqda.
Pochettino «Manchester Yunayted» bosh murabbiyi lavozimida angliyalik mutaxassis Maykl Kerrikning o‘rnini egalladi. Hozirda jamoa Angliya Premyer-ligasi turnir jadvalida 18-o‘rinni egallab turibdi.
Argentinalik mutaxassis 18-noyabrdan boshlab yangi jamoasidagi faoliyatini boshlaydi. U 2029-yilning yoziga qadar mankunianliklar bilan bitim imzolagan.