«Chelsi» vingeri Pedro Netu London klubini tark etishi mumkinligi haqidagi savolga javob berdi.
«Chelsi»ni sevaman. Hozirgi barcha o‘y-xayollarim faqat shu klub bilan bog‘liq. Klub menga katta g‘amxo‘rlik ko‘rsatdi va zarur bo‘lgan barcha sharoitlarni yaratib berdi. Buning uchun juda minnatdorman. Boshqa variantlarni hatto ko‘rib chiqayotganim ham yo‘q», — dedi Netu O Jogo nashriga.
Bu mavsumda portugaliyalik 26 yoshli futbolchi barcha turnirlarda 13 ta uchrashuvda ishtirok etib, 4 ta gol urdi va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Netuning «Chelsi» bilan amaldagi shartnomasi 2032-yilgacha mo‘ljallangan. Transfermarkt portali futbolchining bozor qiymatini 60 million yevro deb baholamoqda.