Live
2
O'zbek

«Tottenhem» Matanovichga da’vogarlik qilmoqda

Futbol
14 noyabr, 17:09
Bu mavsumda Igor barcha turnirlar doirasida 15 ta gol urgan.
«Tottenhem» Matanovichga da’vogarlik qilmoqda
Фото: Getty Images

«Tottenhem» klubi «Frayburg» hujumchisi Igor Matanovichni o‘z safiga qo‘shib olish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda jurnalist Ben Jeykobs xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, xorvatiyalik 23 yoshli futbolchi «shporlar» rahbariyatiga ma’qul kelayotgan nomzodlardan biri hisoblanadi.

«Klub qisqa muddatli yechimni, masalan, ijara variantini ko‘rib chiqishi mumkin. Agar munosib nomzod topilmasa, londonliklar bu masalaga yozda yana qaytishi mumkin. Ular yanvar oyida shoshilinch ravishda katta mablag‘ sarflashni va uzoq muddatli shartnoma tuzishni istashmayapti», — dedi Jeykobs Market Madness podkastida.

Ma’lumot uchun, bu mavsumda Igor barcha turnirlar doirasida 15 ta gol urgan. Bo‘yi 196 santimetrni tashkil etadigan futbolchi jismoniy imkoniyatlari tufayli havodagi to‘plar uchun kurashda ham samarali harakat qila oladi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Tottenhem Tottenhem
  • Frayburg Frayburg
Bugungi yangiliklar