Live
9
O'zbek

«MYu» Gabrielning ketishini ijtimoiy tarmoqlardan bilib qoldi

Futbol
17 noyabr, 16:23
Yanvar oyiga qadar futbolchi faqat «Real»ning yoshlar jamoasida o‘ynaydi.
«MYu» Gabrielning ketishini ijtimoiy tarmoqlardan bilib qoldi
Фото: Getty Images

«Manchester Yunayted» 16 yoshli hujumchi Jay-Jay Gabriel jamoani tark etayotgani haqida ijtimoiy tarmoqlar orqali xabar topgan. Bu haqda jurnalist Ben Jeykobs ma’lum qildi.

Manbaga ko‘ra, yosh futbolchining «Real»ga transferi amalga oshadi va uning o‘zi bilan barcha kelishuvlarga erishilgan. Biroq seshanba kuni kechki holatga ko‘ra, mankunianliklar bu borada hali rasmiy xabarnoma olmagan edi.

Avvalroq xabar qilinganidek, «qizil iblislar» Gabrielning transferi uchun 360 ming yevro miqdorida tovon puli oladi. Yanvar oyiga qadar futbolchi faqat «Real»ning yoshlar jamoasida o‘ynaydi.

Eslatib o‘tamiz, iqtidorli hujumchini «Barselona», «PSJ», «Chelsi», «Manchester Siti» va «Bavariya» klublari ham o‘z safiga qo‘shib olishga harakat qilgan edi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Manchester Yunayted Manchester Yunayted
  • Real Madrid Real Madrid
Bugungi yangiliklar