Live
9
O'zbek

«MYu» qishda Balogunni o‘z safiga qo‘shib olishi mumkin

Futbol
17 noyabr, 14:54
Transfermarkt portali hujumchining bozor qiymatini 50 million yevro atrofida baholamoqda.
«MYu» qishda Balogunni o‘z safiga qo‘shib olishi mumkin
Фото: Getty Images

«Monako» hujumchisi Folarin Balogun «Manchester Yunayted»ning ehtimoliy transfer maqsadlaridan biriga aylandi.

Daily Mail nashrining xabar berishicha, amerikalik 25 yoshli futbolchi mankunianliklarning yangi bosh murabbiyi Maurisio Pochettino bilan Angliyada ham birga ishlashi mumkin. Ingliz klubi yanvar oyida Balogunni o‘z safiga qo‘shib olishga urinib ko‘rishi mumkin.

Transfermarkt portali ma’lumotlariga ko‘ra, hujumchining bozor qiymati 50 million yevro atrofida baholanmoqda.

Ma’lumot uchun, Balogun bu mavsumda monakoliklar safida 7 ta uchrashuvda maydonga tushib, bitta gol urishga muvaffaq bo‘ldi.

Avvalroq «Yuventus» va «Milan» jamoalari ham Folarin uchun da’vogarlik qilishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgandi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Manchester Yunayted Manchester Yunayted
  • Monaco Monaco
Bugungi yangiliklar