Live
9
O'zbek

Qirg‘iziston milliy jamoasi tarixda ilk bor ketma-ket 4 ta o‘yinda g‘alaba qozondi

Futbol
17 noyabr, 15:07
Ilgari jamoa eng ko‘pi qatorasiga 3 ta o‘yinda raqiblaridan ustun kelgan.
Qirg‘iziston milliy jamoasi tarixda ilk bor ketma-ket 4 ta o‘yinda g‘alaba qozondi
Фото: KyrgyzFootball

Qirg‘iziston milliy jamoasi Vetnamga qarshi o‘rtoqlik bellashuvida 2:1 hisobida g‘alaba qozondi. Bundan avval ular Xitoy Taypeyi bilan bellashib, raqib darvozasiga 3 ta gol urgandi.

Shu tariqa, Urmat Abdukaimov boshqaruvidagi qirg‘izistonliklar o‘z tarixida ilk bor ketma-ket 4 ta uchrashuvda g‘alaba qozondi. Ilgari jamoa eng ko‘pi qatorasiga 3 ta o‘yinda raqiblaridan ustun kelgan. Bu tarixda 5 marta ro‘y bergan. Bu safargisi mutlaq rekordga aylandi. Xususan, ular Maldiv (5:0), Livan (3:1), Xitoy Taypeyi (3:0) va Vetnamdan (2:1) ustun keldi.

Avvalroq milliy jamoa quyidagi g‘alabali seriyalarni qayd etgan edi:

  • 2 ta ketma-ket g‘alaba — 7 marta;
  • 3 ta ketma-ket g‘alaba — 5 marta;
  • 4 ta ketma-ket g‘alaba — ilk bor!

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Qirg‘iziston Qirg‘iziston
Bugungi yangiliklar