«Liverpul»ning sobiq yarimhimoyachisi Stiven Jerrard «Manchester Yunayted»ning yangi bosh murabbiyi Maurisio Pochettino jamoani Brunu Fernandesh atrofida qurishi kerakmi, degan savolga javob berdi.
«Faqat u yangi shartnoma imzolagan taqdirdagina. Aytishlaricha, u allaqachon ikkita taklifni rad etgan. Bu ma’lumot qanchalik haqiqatga yaqinligini bilmaymiz. Ammo agar u oxir-oqibat Lisandro Martines kabi uzoq muddatli yangi shartnoma imzolasa, bunga Pochettino bilan o‘zaro munosabatlari muhim ta’sir ko‘rsatgan, deb taxmin qilish mumkin», — dedi Angliya milliy jamoasining sobiq yarimhimoyachisi.
Ma’lumot uchun, Brunu Fernandeshning «Manchester Yunayted» bilan amaldagi shartnomasi 2027-yil 30-iyun kuni yakunlanadi. Shundan so‘ng portugaliyalik futbolchi erkin agentga aylanishi mumkin.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi