Live
4
O'zbek

Runi alkogoldan voz kechib, 6 oyda 19 kg vazn tashladi

Futbol
16 noyabr, 07:24
«MYU» sobiq hujumchisi hozirgi holati va sog‘lom turmush tarziga amal qilayotgani haqida gapirdi.
Runi alkogoldan voz kechib, 6 oyda 19 kg vazn tashladi
Foto: Getty Images

Angliya milliy jamoasining sobiq hujumchisi Ueyn Runi alkogoldan voz kechish uning sog‘lig‘i va kayfiyatiga qanday ta’sir qilgani haqida gapirdi.

«Olti oydan beri spirtli ichimlik iste’mol qilmayapman. Xotinim Kolin ham bundan xursand, chunki oilaviy munosabatlarimiz ancha yaxshilandi va hozir o‘zimizni baxtliroq his qilyapmiz. Bu, albatta, juda muhim.

Uning aytishicha, tashqi ko‘rinishim ham yaxshilangan. Ruhiy jihatdan ham o‘zimni ancha yaxshi his qilyapman. Hozir ahvolim juda yaxshi, deb o‘ylayman.

Alkogoldan voz kechish ovqatlanish tartibiga ham ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Hozirgidek sog‘lom ovqatlanish tartibiga ilgari hech qachon amal qilmaganman. Yana muntazam mashg‘ulotlarga qaytdim. Bularning barchasi bir-biri bilan bog‘liq.

Vazn yo‘qotishning o‘zi ham teri holatiga ijobiy ta’sir qiladi. Alkogoldan voz kechish esa umumiy salomatlik uchun ham foydali»,
— dedi 6 oyda 19 kilogramm vazn tashlagan Runi Daily Mail nashriga.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Angliya Angliya
  • Manchester Yunayted Manchester Yunayted
Bugungi yangiliklar