UFC jangchisi Shara Bullet ikkinchi xotin olishi mumkinligini aytdi.
— Barcha musulmonlarda bunday imkoniyat bor, faqat hamma ham bunga rozi bo‘lavermaydi. Mening xotinim rozi bo‘ldi, chunki Alloh taolo ruxsat bergan narsaga norozi bo‘lishmaydi. Agar bunga rozi bo‘lmasang, demak, qalbingdagi iymon mukammal emas.
— Ikkinchi xotin olishni rejalashtiryapsanmi?
— Ha, shunday deb o‘ylayman.
— Ikkinchi xotin nima uchun kerak? Bu katta mas’uliyat-ku.
— Birinchi xotinga xiyonat qilish istagi paydo bo‘lmasligi uchun. Gunohga botib yurgandan ko‘ra, ikkinchi xotin olgan ma’qul. Nazarimda, har bir insonning ko‘ngli boshqa birovga ham moyil bo‘lishi mumkin.
— Unda ikkinchi xotinga ham o‘rganib qolsang, keyin uchinchisini, to‘rtinchisini olishing mumkin-ku?
— To‘rttagacha olish mumkin, ha. Agar to‘rtta xotinni ham moddiy ta’minlash imkoniyati bo‘lsa, Alloh taolo buning uchun seni mukofotlaydi, deb o‘ylayman. Xotiningga sarflagan mablag‘ing ham savob hisoblanadi. Ayolga ko‘rsatgan har qanday yaxshiliging uchun ajr bor. Xotining yegan har bir bo‘lak non ham, agar uni halol mehnating bilan topgan bo‘lsang, savobdir.
Qancha ko‘p xotinni ta’minlasang, shuncha ko‘p savob olasan. Xotinlaring qancha ko‘p bo‘lsa, Alloh taolo senga shuncha ko‘p rizq beradi, — dedi Shara Bullet.
Shara Bullet: «Ikkinchi xotin olmoqchiman. Rafiqam rozi bo‘ldi»
MMA
16 noyabr, 07:02
UFC jangchisi to‘rt martagacha uylanishi mumkinligini aytdi.
Foto: Getty Images