Live
3
O'zbek

Klopp: «Infantino ketishi kerak. Goʻyoki Blatterdan keyin undan yomonroq boʻlishi mumkin emasdi»

Futbol
16 noyabr, 06:14
Germaniya milliy jamoasi ustozining fikricha, futbol taqdiriga befarq boʻlmagan inson FIFA prezidenti boʻlishi kerak.
Klopp: «Infantino ketishi kerak. Goʻyoki Blatterdan keyin undan yomonroq boʻlishi mumkin emasdi»
Foto: Getty Images

Germaniya milliy jamoasi bosh murabbiyi Yurgen Klopp Janni Infantinoning FIFA prezidenti lavozimidan ketishi futbol uchun foydali boʻlishi mumkinligini aytdi.

«Hozir oʻzgarishlar zarurligi borasida hamma yakdil fikrda!

Goʻyoki Zep Blatterdan keyin bundan ham yomonroq boʻlishi mumkin emasdek edi. Ammo oxir-oqibat mana shunday holatga duch keldik.

Albatta, futbol taqdiriga befarq boʻlmagan va moliyaviy manfaatlarni koʻzlamaydigan insonlar bor. Agar shunday insonlardan biri FIFA prezidenti boʻlsa, bu, shubhasiz, futbol uchun foydali boʻlardi»,
— deya Klopning soʻzlarini keltiradi jurnalist Patrik Berger.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Germaniya Germaniya
Bugungi yangiliklar