Live
5
O'zbek

De Yong jarohati sabab Germaniyaga qarshi bahsni o‘tkazib yuboradi

Futbol
14 noyabr, 11:10
Xavi Frenkini Berlinga olib bormaslikka qaror qilgan.
De Yong jarohati sabab Germaniyaga qarshi bahsni o‘tkazib yuboradi
Фото: Getty Images
16.11.2026, 14:45 UEFA Millatlar ligasi. A liga Germaniya Germaniya - : - Niderlandiya Niderlandiya

Niderlandiya milliy jamoasi yarimhimoyachisi Frenki de Yong jarohati sababli Millatlar ligasi 6-turidan o‘rin olgan Germaniyaga qarshi uchrashuvda ishtirok etmaydi. Bu haqda Niderlandiya milliy jamoasi matbuot xizmati ma’lum qildi.

«Frenki o‘zini biroz noqulay his qilmoqda va Germaniyaga qarshi safardagi uchrashuvni o‘tkazib yuboradi. Ehtiyot chorasi sifatida yarimhimoyachining Berlinga bormasligiga qaror qilindi, chunki u dushanba kuni bo‘lib o‘tadigan bahsgacha tiklanishga ulgurmaydi», — deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, Millatlar ligasi guruh bosqichi yakunlanishiga bir tur qolganida Niderlandiya 11 ochko bilan peshqadamlik qilmoqda. Undan keyingi o‘rinda Gretsiya va Germaniya joy olgan. Har ikkisining hisobida 8 tadan ochko bor. Serbiya birorta ochko to‘play olmagan holda guruhda so‘nggi o‘rinda.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Germaniya Germaniya
  • Niderlandiya Niderlandiya
  • UEFA Millatlar ligasi. A liga UEFA Millatlar ligasi. A liga
Bugungi yangiliklar