Portugaliya milliy jamoasi bosh murabbiyi Jorje Jezush Millatlar ligasi doirasida Daniyaga qarshi oldidan o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
«Kuchli raqibga qarshi o‘yin kutib turibdi. Daniya — kuchli jamoa. Bizning maqsadimiz g‘alabalar seriyasini davom ettirish va guruhda birinchi o‘rinni kafolatlash. So‘nggi to‘rtta uchrashuv davomida aynan shu maqsad yo‘lida mehnat qildik.
Ishonchim komilki, jamoamiz yuqori saviyadagi o‘yin namoyish etadi. Shu bilan birga, Daniya milliy jamoasini hurmat qilamiz. Ular jismonan baquvvat jamoa bo‘lib, tarkibida Yevropaning yetakchi klublarida to‘p tep adigan sifatli futbolchilar bor», — deya Jezushning so‘zlarini keltirmoqda Record nashri.
Ma’lumot uchun, Portugaliya va Daniya jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv 14 noyabr kuni Braga shahrida bo‘lib o‘tadi.