Madridning «Real» klubi himoyachisi Trent Aleksander-Arnoldning kelajagi borasida yangi ma’lumotlar paydo bo‘ldi. Bu haqda taniqli jurnalist Fabricio Romano xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, angliyalik futbolchi qishki transfer oynasida «Real»ni tark etishni rejalashtirmayapti. Unga APLning bir qator klublari, jumladan, sobiq jamoasi «Liverpul» ham qiziqish bildirmoqda.
Shunga qaramay, 28 yoshli himoyachi Madridda qolish va «qaymoqranglilar» safida faoliyatini davom ettirish niyatida.
Eslatib o‘tamiz, Aleksander-Arnold 2025 yil yozida «Liverpul»dan «Real»ga ko‘chib o‘tgan edi. U ushbu mavsumda barcha musobaqalar doirasida 8 ta uchrashuvda maydonga tushib, bitta golli uzatmani amalga oshirdi.
Angliyalik futbolchining Madrid klubi bilan amaldagi shartnomasi 2031 yil iyun oyi oxirigacha mo‘ljallangan. Avvalroq Trent hali ham «Liverpul»ning barcha o‘yinlarini tomosha qilishini aytib o‘tgandi.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi