Bugun
70
O'zbek

Trent: «Hali ham «Liverpul»ning barcha o‘yinlarini tomosha qilaman»

Futbol
23 avgust, 01:57
Madridning «Real» klubi himoyachisi hamon sobiq jamoasi ishtirokidagi bahslarni kuzatib borishini tan oldi.
Trent: «Hali ham «Liverpul»ning barcha o‘yinlarini tomosha qilaman»
Foto: Gettyimages

Madridning «Real» klubi futbolchisi Trent Aleksander-Arnold o‘zining sobiq jamoasi – «Liverpul» faoliyatini hamon faol kuzatib borishini tan oldi.

Angliyalik futbolchi o‘tgan yilning yozida «qizillar» safidan Madridga ko‘chib o‘tgan edi.

«Men «Liverpul»ning barcha o‘yinlarini ko‘rishda davom etaman, jamoaga muxlislik qilaman va unga doim muvaffaqiyat tilayman. Nima bo‘lishidan qat’i nazar, qalbimda «Liverpul» uchun alohida o‘rin bo‘ladi. Bu mening uyim. Klubning men uchun qilgan ishlarini doimo qadrlayman», – deydi Aleksander-Arnold Mirror nashriga bergan intervyusida.

Ma’lumot uchun, Trent Madridga ko‘chib o‘tishidan avval mersisaydliklar safida 354 ta o‘yin o‘tkazgan. 27 yoshli o‘ng qanot himoyachisining «Real» bilan shartnomasi 2031-yilgacha mo‘ljallangan.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Liverpul Liverpul
  • Real Madrid Real Madrid
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

5 izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar