Belgiya milliy jamoasi bosh murabbiyi Mark van Bommel Italiya darvozaboni Janluiji Donnarumma uning jamoasiga yanada yirikroq hisobda g‘alaba qozonishga xalaqit berganini ta’kidladi.
Yakshanba kuni Millatlar ligasi guruh bosqichining soʻnggi turida belgiyaliklar “moviy gvardiya”ni 4:1 hisobida magʻlub etdi va pley-off bosqichiga yoʻl oldi.
«Agar darvozada Donnarumma bo‘lmaganida, biz 6 ta gol urgan bo‘lardik.
Rostini aytsam, ikki oy oldin — jamoa bilan ish boshlaganimizda, bunday natijani kutmagan edim. Ammo Italiyaga qarshi birinchi o‘yindan oldin ham bu jamoa haqiqatan ham aqlli futbolchilardan tashkil topganini aytishim mumkin edi. Ular bilan ishlash — murabbiy uchun haqiqiy zavq», — dedi van Bommel Sky Sport Italia nashriga bergan intervyusida.
Van Bommel: «Donnarumma bo‘lmaganida, Italiyaga 6 ta gol urgan bo‘lardik»
Futbol
16 noyabr, 06:38
Belgiya bosh murabbiyi Italiya ustidan qozonilgan yirik g‘alabadan so‘ng fikrlarini bildirdi.
Foto: Getty Images
15.11.2026
FT
UEFA Millatlar ligasi. A liga
Belgiya
4
:
1
Italiya