Live
4
O'zbek

Donnarummaning xatosi sabab yuzaga kelgan gollar 38 taga yetdi

Futbol
13 noyabr, 05:05
    9
Italiyalik posbon ularning 31 tasini klublarda, 7 tasini milliy jamoada qayd etgan.
Donnarummaning xatosi sabab yuzaga kelgan gollar 38 taga yetdi
Foto: Getty Images
12.11.2026 FT UEFA Millatlar ligasi. A liga Italiya Italiya 3 : 1 Fransiya Fransiya

Janluiji Donnarummaning faoliyati davomida raqib gol urishiga sabab bo‘lgan xatolari soni 40 taga yaqinlashdi.

Italiya milliy jamoasi darvozaboni Millatlar ligasining 5-turi doirasida Fransiyaga (3:1) qarshi bahsning 10-daqiqasida markaz orqali pastdan uzatma berishga harakat qildi. Biroq vinger Maykl Olise toʻpni olib qoʻydi, himoyachini aldab oʻtdi va aniq zarba bilan hisobni ochdi.

Bu Donnarummaning raqib gol urishiga sabab bo‘lgan 38-xatosi bo‘ldi. Janluiji bu kabi xatolarning 31 tasini klublar miqyosida, yana 7 tasini esa Italiya milliy jamoasi safida sodir etgan.

Eslatib o‘tamiz, posbonning ushbu mavsumdagi xatolari «Manchester Siti» darvozasiga ham gollar olib keldi. Jumladan, «Leypsig», «Aston Villa» va «Koventri»ga qarshi o‘yinlarda shunday holatlar kuzatildi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Italiya Italiya
  • Fransiya Fransiya
  • UEFA Millatlar ligasi. A liga UEFA Millatlar ligasi. A liga
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

9 izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar