Live
3
O'zbek

Zidan: «Bunday mag‘lubiyat hozir bo‘lgani yaxshi»

Futbol
13 noyabr, 00:20
    13
Fransuzlar ustozi jamoa boshqaruvidagi ilk mag‘lubiyatdan so‘ng o‘z fikrlarini bildirdi.
Zidan: «Bunday mag‘lubiyat hozir bo‘lgani yaxshi»
Foto: Getty Images
12.11.2026 FT UEFA Millatlar ligasi. A liga Italiya Italiya 3 : 1 Fransiya Fransiya

Fransiya milliy jamoasi bosh murabbiyi Zinedin Zidan Millatlar ligasi doirasidagi Italiya (1:3) bilan oʻyindan soʻng oʻz fikrlarini bildirdi.

Ushbu bahsda 54 yoshli mutaxassis «uchranglilar» boshqaruvidagi ilk mag‘lubiyatini qabul qilib oldi.

«Yaxshi vaziyatlar ham bo‘ldi. O‘zimizda yaxshi o‘xshayotgan jihatlarga ko‘proq e’tibor qaratishimiz kerak edi. Ammo keyin xatolarga yo‘l qo‘ydik, vaziyatlar murakkablashdi. Ayniqsa, yakkakurashlarda va birga-bir vaziyatlarda yetarlicha yaxshi o‘ynay olmadik. Bu — o‘rganish jarayonining bir qismi.

Qiyin vaziyatga tushib qolganimizda, to‘g‘ri munosabat bildira olmadik va oldindan ishlab chiqilgan taktikaga amal qilishda davom etmadik. Birinchi bo‘limda buning uddasidan chiqayotgandik, ammo raqib hisobda oldinga chiqqach, biroz sarosimaga tushib qoldik.

Bu — futbolning bir qismi. Bunday holatlar aynan hozir sodir bo‘lgani biz uchun yaxshiroq. Biz hali ham pley-offga chiqish uchun kurashni davom ettiryapmiz.

Bugungi o‘yinni muvaffaqiyatsiz deb bo‘lmaydi. Ustimizda ishlashimiz kerak bo‘lgan jihatlar bor. Futbolchilarga vahimaga tushmaslik kerakligini aytdim. O‘yin davomida harakatlarimiz tobora beqarorlashib bordi.

To‘p bizning nazoratimizda bo‘lganida ko‘proq harakatlanishimiz kerak. Italiyaliklar juda yaxshi himoyalanadi. Ular hisobda oldinga chiqqach, biz uchun yanada qiyin bo‘ldi.

Futbolchilarga bu mag‘lubiyat ekanini, ammo uni to‘liq adolatli deb bo‘lmasligini aytdim. O‘yinimizda yaxshi jihatlar ham, kamchiliklar ham bo‘ldi. Barchasini tahlil qilib chiqamiz»,
— dedi Zidan TF1 telekanali efirida.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Italiya Italiya
  • Fransiya Fransiya
  • UEFA Millatlar ligasi. A liga UEFA Millatlar ligasi. A liga
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

13 izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar