Live
4
O'zbek

Tuhel: «Keyn uchun o‘zgacha ahamiyatga ega oqshomda g‘alaba muhim edi»

Futbol
13 noyabr, 04:29
Inglizlar ustozi Xorvatiyaga qarshi o‘yindan so‘ng o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
Tuhel: «Keyn uchun o‘zgacha ahamiyatga ega oqshomda g‘alaba muhim edi»
Foto: Getty Images
12.11.2026 FT UEFA Millatlar ligasi. A liga Angliya Angliya 2 : 1 Xorvatiya Xorvatiya

Angliya milliy jamoasi bosh murabbiyi Tomas Tuxel Millatlar ligasi doirasida Xorvatiya (2:1) ustidan qozonilgan gʻalabadan soʻng oʻz fikrlari bilan oʻrtoqlashdi.

«Yaxshi g‘alaba bo‘ldi. Juda ham g‘alaba qozonishni istagandik. O‘ylaymanki, bunga munosib edik.

Biroq kuchli raqibga qarshi mehnat qilishimizga to‘g‘ri keldi. O‘yinga kirishib ketishimiz uchun biroz vaqt kerak bo‘ldi. Ammo 15 daqiqadan so‘ng o‘yinni nazorat qila boshladik, gol urdik, o‘zimizga bo‘lgan ishonchni oshirdik, yaxshiroq harakat qildik va bir nechta qulay vaziyatlar yaratdik.

Birinchi bo‘limning so‘nggi daqiqalarida biroz e’tiborni yo‘qotdik, ammo ikkinchi bo‘limni juda yaxshi boshladik. Ikkinchi golni urolmadik va standart vaziyatdan to‘p o‘tkazib yubordik. Shundan keyin jamoa bunga yaxshi munosabat bildirdi.

Maqsadimizga erishdik va bu juda muhim edi. Chunki bu kecha Harri Keyn uchun alohida ahamiyatga ega edi. Qolaversa, g‘alaba golini ham aynan u urdi. Haqiqatan ham ajoyib oqshom bo‘ldi.

Ispaniyaga qarshi keyingi o‘yin butunlay boshqacha kechadi, vaziyat ham o‘zgacha bo‘ladi. Ammo men optimistik ruhdaman — o‘zimiz istagan natijaga erishamiz
», — deya germaniyalik mutaxassisning so‘zlarini keltiradi Sky Sports.

Eslatib oʻtamiz, Keyn ushbu bahs orqali Angliya milliy jamoasida eng koʻp oʻyin oʻtkazgan futbolchiga aylandi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Angliya Angliya
  • Xorvatiya Xorvatiya
  • UEFA Millatlar ligasi. A liga UEFA Millatlar ligasi. A liga
Yangi muhokama

Telegram’da birinchi bo‘lib fikr bildiring

Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar