Ispaniya milliy jamoasi bosh murabbiyi Luis de la Fuente Millatlar ligasi doirasida Chexiya (2:0) ustidan qozonilgan gʻalabadan soʻng oʻz fikrlari bilan oʻrtoqlashdi.
Ispanlar ketma-ket 12-bahsda gʻalaba qozonishdi va asosiy oʻyin vaqtidagi magʻlubiyatsiz seriyasini 43 ta oʻyinga yetkazib, rekordni yangilashdi.
O‘yin haqida
«Juda kuchli va g‘ayratli jamoaga qarshi og‘ir o‘yin bo‘ldi. Bizga oson bo‘lmadi. Vaziyatlardan foydalanishda sovuqqonlik yetishmadi. Shunga qaramay, ko‘plab gol urish imkoniyatlarini yaratdik».
G‘alabali seriya haqida
«Ayrim odamlarning boshqa narsalarga e’tibor qaratayotgani biz o‘z ishimizni a’lo darajada bajarayotganimizni isbotlaydi. Haqiqat shuki, har bir yangi o‘yin bilan mag‘lubiyat ehtimoli tobora yaqinlashib boradi. Aql bilan fikrlaydigan insonlar esa buni tushunishadi.
Milliy jamoamizga muvaffaqiyatsizlik tilaydigan odamlar haqiqatan ham bormi yoki yo‘qmi, bilmayman. Men so‘raydigan yagona narsa — hurmat. Turli gap-so‘zlar qulog‘imga chalinadi, ammo menga qiziq bo‘lmagan narsalarni tezda unutaman. Biroq odamlar turli yolg‘on va uydirmalarni to‘qib chiqarishsa, bu baribir ta’sir qiladi», — deya de la Fuentening so‘zlarini keltiradi Marca.
De la Fuente: «G‘alabali seriya? Har bir yangi o‘yin bilan mag‘lubiyat ehtimoli oshib boradi»
Futbol
13 noyabr, 05:30
Ispaniya bosh murabbiyi Chexiya bilan o‘yindan so‘ng o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
Foto: Getty Images
12.11.2026
FT
UEFA Millatlar ligasi. A liga
Chexiya
0
:
2
Ispaniya