Italiya milliy jamoasi bosh murabbiyi Roberto Manchini Millatlar ligasi doirasidagi Fransiyaga (3:1) qarshi bahsdan soʻng oʻz fikrlari bilan oʻrtoqlashdi.
«Ajoyib o‘yin bo‘ldi, yigitlar maydonda o‘zlarini juda yaxshi ko‘rsatishdi. Ular uchun juda xursandman. Bu g‘alaba stadionga kelib, jamoamizni qo‘llab-quvvatlagan muxlislar uchun ham muhim edi.
Penaltidan gol ura olmaslik — xatolik. Afsuski, futbolda bunday holatlar uchrab turadi. Ammo biz xotirjamlikni saqlab qoldik va o‘zimizga xos uslubda o‘ynashda davom etdik. Eng muhimi ham shu.
Boshimda turli fikrlar ko‘p. Bu g‘alabaning ahamiyati ma’lum bir chegaragacha, xolos. Endi biz Belgiyada ham albatta g‘alaba qozonishimiz kerak. Ishlashda davom etishimiz lozim, oldinda hali uzoq yo‘l bor. Yigitlar birinchi o‘yindagi mag‘lubiyat uchun revansh olishni istashmoqda.
Asta-sekin o‘z maqsadimizga erishamiz. Bugun maydonda ko‘rganlarim menga yoqdi. O‘yin boshidayoq to‘p o‘tkazib yubordik, ammo uchrashuv bizning foydamizga yanada yirikroq hisobda yakunlanishi ham mumkin edi», — deya Manchinining so‘zlarini keltiradi Janluka Di Marsio.
So‘nggi tur oldidan Italiya guruhda 10 ochko bilan peshqadamlik qilmoqda. Fransiyada ham shuncha ochko bor. Belgiyada 9 ochko mavjud.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi