Kilian Mbappe’ning Fransiya milliy jamoasidagi sheriklari bilan munosabatlari so‘nggi oylarda ancha murakkablashgan.
L’Equipe nashri xabar berishicha, «Real» hujumchisi Usmon Dembele bilan «Oltin to‘p» uchun kurash fonida yuzaga kelgan kelishmovchiliklar milliy jamoa kiyinish xonasidagi muhitga qay darajada ta’sir qilishini to‘liq anglamagan.
«Jamoa sardori kelishmovchiliklar bartaraf etilgan deb hisoblagan (garchi WhatsApp orqali yuborilgan xabari javobsiz qolgan bo‘lsa-da) va Dembele’ning o‘ziga nisbatan munosabatini tushunmagan. U bu munosabatni vaziyatga nomutanosib deb hisoblagan.
Shu bois, o‘tgan besh kun davomida Mbappe o‘zini jamoadan ko‘proq ajralgan holda tutdi. U Olise bilan yaqinroq munosabat o‘rnatdi.
Go‘yoki jamoadan ajralib qolganini his qilgandek, Mbappe shaxsiy suhbatlarda jamoadoshlari yoki murabbiylar shtabi a’zolarining ahvoli bilan qiziqishga harakat qildi. Biroq bunday kutilmagan qiziqish jamoa ichidagilarning ayrimlariga o‘z manfaatini ko‘zlashdek tuyulgan bo‘lishi mumkin», — deyiladi nashr xabarida.
Shuningdek, Mbappe va Dembele o‘rtasidagi munosabatlar Zidan davri boshlanishidagi muhim masalalardan biri bo‘lib qolishi ta’kidlangan.
Mbappe Dembele bilan ziddiyat sabab Fransiya milliy jamoasida ajralib qoldi — L'Equipe
Futbol
13 noyabr, 04:40
13
«Real» hujumchisi so‘nggi kunlarda faqat Olise bilan do‘stona munosabatda.
Foto: Getty Images
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi