Bugun
27
O'zbek

Mancini: «Belgiya bizdan kuchliroq edi va g‘alabaga haqli ravishda erishdi»

Futbol
15 noyabr, 22:50
    3
Italiya bosh murabbiyi Belgiyaga qarshi o‘yindan so‘ng o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
Mancini: «Belgiya bizdan kuchliroq edi va g‘alabaga haqli ravishda erishdi»
Foto: Getty Images
15.11.2026 FT UEFA Millatlar ligasi. A liga Belgiya Belgiya 4 : 1 Italiya Italiya

Italiya milliy jamoasi bosh murabbiyi Roberto Mancini Millatlar Ligasi doirasida Belgiyaga qarshi kechgan o‘yindan (1:4) so‘ng o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

«O‘ylashimcha, jismoniy jihatdan biroz qiynaldik. Fransiyaga qarshi o‘yinning ta’siri sezildi, charchoq bor edi. Lekin raqib ham bizdan kuchliroq edi va g‘alabaga haqli ravishda erishdi.

Albatta, bu yoqimsiz holat. Maydonga tushganingda doim g‘alaba qozonishni istaysan. Afsuski, bunday o‘yinlar ham bo‘lib turadi. Ayniqsa, Belgiyadek kuchli jamoaga qarshi bahslarda shunday holatlar kuzatiladi.

Uchrashuvni yaxshi boshladik, o‘zimiz xohlagan futbolni namoyish etish niyatida edik. Biroq tez orada javob golini o‘tkazib yubordik va o‘zimizni tiklay olmadik.

Ba’zan raqib sendan yaxshiroq o‘ynaydi», — dedi Mancini Sky Sport Italia efirida. Ma’lumot o‘rnida, italiyaliklar guruhda 10 ochko bilan 3-o‘rinni egalladi va pley-offga chiqish imkonini qo‘ldan boy berdi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Belgiya Belgiya
  • Italiya Italiya
  • UEFA Millatlar ligasi. A liga UEFA Millatlar ligasi. A liga
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

3 izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar