Fransiya milliy jamoasi bosh murabbiyi Zinedin Zidan Millatlar Ligasi doirasidagi Turkiyaga qarshi o‘yin (2:1)dan so‘ng o‘z fikrlarini bildirdi.
Qayd etish lozim, fransiyaliklar guruhda 1-o‘rinni egallab, chorakfinal bosqichiga yo‘l oldi.
«Maqsadimiz pley-offga chiqish, guruhda birinchi bo‘lish edi. Lekin birinchi bo‘limdagi pressingimiz meni qoniqtirmadi. Raqibga bo‘sh hududlar qoldirdik. Tanaffusda xatolarni tuzatdik va yaxshiroq o‘ynadik.
Muammo faqat himoyachilarda emas. Butun jamoa birgalikda pressing qilishi, to‘pni ko‘proq nazorat qilishi kerak. Biz to‘psiz emas, to‘p bilan o‘ynashni yaxshi ko‘ramiz. Ikkinchi bo‘limda bu ancha yaxshi ishladi.
Vaziyatlar yaratdik, ammo dastlab aniqlik va ishonch yetishmadi. Muhimi, ikkita gol urdik. Futbolchilar bor kuchini berishdi.
Endi dam olamiz va mart oyidagi chorakfinal bosqichida kimga qarshi o‘ynashimizni ko‘ramiz», — dedi Zidan TF1 efirida.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi