Ispaniya milliy jamoasining asosiy o‘yin vaqtidagi mag‘lubiyatsiz seriyasiga chek qo‘yildi.
Luis de la Fuente boshchiligidagi jamoa Millatlar ligasi guruh bosqichining 6-turida Angliyaga 2:3 hisobida magʻlub boʻldi. Bungacha ispanlar ketma-ket 12 ta oʻyinda gʻalaba qozongandi.
Shuningdek, «qizil furiya» 43 ta o‘yin davomida asosiy va qo‘shimcha o‘yin vaqtida mag‘lubiyatga uchramagandi. Bu tarixiy rekord hisoblanadi.
Ispaniya so‘nggi bor 2024-yil mart oyida Kolumbiyaga qarshi o‘rtoqlik bahsida (0:1) yutqazgandi. Shundan buyon jamoa 34 bor g‘alaba qozonib, 9 marta durang qayd etdi. Shu bilan birga, 2025-yilgi Millatlar ligasi finalida Portugaliyaga penaltilar seriyasida mag‘lub bo‘lgandi.
Ispaniyaning 43 o‘yinlik mag‘lubiyatsiz seriyasi barham topdi
Futbol
16 noyabr, 04:45
Angliya tarixiy rekord o‘rnatgan De la Fuente jamoasidan ustun keldi.
Foto: Getty Images
15.11.2026
FT
UEFA Millatlar ligasi. A liga
Ispaniya
2
:
3
Angliya