Ispaniya milliy jamoasi bosh murabbiyi Luis de la Fuente Millatlar Ligasi doirasidagi Angliyaga qarshi bahs (2:3) haqida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
«Futbolchilarimdan faxrlanaman va ulardan minnatdorman. Avvalgi yutuqlarni qadrlash kerak. Bizdan keyingilar bu natijalardan o‘zib ketishga harakat qilsin. G‘alaba qozonishni ham, mag‘lubiyatni qabul qilishni ham bilish lozim.
Dastlabki 30 daqiqada raqib ustunlik qildi va bizni o‘z maydonimizga qamab qo‘ydi. 0:3 hisobi biz uchun og‘ir zarba bo‘ldi. Biroq hujumga o‘tishga ham urindik.
O‘yin boshidayoq muammolar ko‘paydi: Pubilning to‘pig‘i, Kubarsi va Subimendining mushaklari bezovta qildi.
Keyin taktikamizni o‘zgartirdik, futbolchilar bor kuchini berdi. Hech bo‘lmaganda durangga erisha olmaganimiz achinarli. Baribir bu ajoyib jamoadan faxrlanaman», — dedi murabbiy Teledeporte efirida.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi