«Manchester United»ning sobiq himoyachisi Rio Ferdinand Jude Bellinghemni Angliyaning boshqa futbolchilari Frank Lampard, Steven Gerrard va Paul Scholesdan ustun deb bilishini aytdi.
«Bellinghem Angliya milliy jamoasida Lampard, Gerrard va Scholesdan o‘zib ketdi. Ularning xizmatlarini u erishgan natijalar bilan taqqoslab bo‘lmaydi», — dedi Ferdinand o‘z podkastida.
Qayd etish joiz, Jude Angliya terma jamoasi safida 62 ta uchrashuvda maydonga tushib, 14 ta gol va 17 ta golli uzatma muallifi bo‘lgan.
Eslatib o‘tamiz, Bellinghem «Real» safida ham muvaffaqiyatli to‘p surmoqda.