Live
4
O'zbek

Holandning Norvegiya milliy jamoasidagi gollari soni 68 taga yetdi

Futbol
17 noyabr, 17:24
Buning uchun u 61 ta bahsda maydonga tushdi.
Holandning Norvegiya milliy jamoasidagi gollari soni 68 taga yetdi
Фото: Getty Images

Norvegiya milliy jamoasi Millatlar Ligasi 6-turida mehmonda Daniyani (3:2) mag‘lub etib, pley-offga yo‘llanma oldi.

Uchrashuvda Erling Holand dubl qayd etdi. Aynan uning 90+5-daqiqada penaltidan urgan goli bahs taqdirini hal qildi va vikinglarga pley-off yo‘llanmasini taqdim etdi.

Shu tariqa, Holandning milliy jamoadagi gollari soni 68 taga yetdi. Buning uchun u 61 ta bahsda maydonga tushdi.

Eslatib o‘tamiz, milliy jamoalar safida eng ko‘p gol urgan futbolchi Krishtianu Ronaldu hisoblanadi. 5-noyabr kuni Portugaliyada faoliyatini yakunlagan 41 yoshli futbolchining hisobidagi gollari soni 146 tani tashkil etmoqda.

Avvalroq Millatlar Ligasining pley-off bosqichiga yo‘llanma olgan barcha jamoalar ma’lum bo‘lgandi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Norvegiya Norvegiya
Bugungi yangiliklar