Norvegiya milliy jamoasi Millatlar Ligasi guruh bosqichida Uelsni 3:1 hisobida mag‘lub etdi. Uchrashuvda skandinaviyaliklar hujumchisi Erling Holand penaltidan gol urdi.
Stats Foot ma’lumotiga ko‘ra, bu Holandning milliy jamoa safidagi 60-o‘yinda kiritgan 66-goli bo‘ldi. Shu tariqa, u 1974-yildan buyon bunday natijaga erishgan ilk yevropalik futbolchiga aylandi.
O‘sha yili Germaniya milliy jamoasining afsonaviy to‘purari Gerd Myuller ham 60 ta uchrashuvda 66 ta gol urgan edi.
Holandning navbatdagi goli Norvegiyaning Uels ustidan qozongan g‘alabasiga hissa qo‘shish bilan birga, uni bu tarixiy ko‘rsatkich sohibiga aylantirdi.
Ma’lumot o‘rnida, Norvegiya milliy jamoasi Millatlar Ligasi guruh bosqichining so‘nggi turida Daniya milliy jamoasi mehmoni bo‘ladi. Skandinaviya jamoalari o‘rtasidagi bahs 17-noyabr kuni o‘tkazilishi belgilangan.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi