«Atletiko» hujumchisi Antuan Grizmann Krishtianu Ronalduning milliy jamoadagi faoliyatini yakunlashiga munosabat bildirdi. Fransiyalik futbolchi portugaliyalik hujumchining mehnatsevarligi va erishgan yutuqlarini alohida e’tirof etdi. Bu haqda Fabritsio Romano xabar bermoqda.
«Ronalduning faoliyatini yakunlayotganidan xafaman. U haqiqiy afsona. Mehnat qilish, gol urish va g‘alaba qozonish borasida chinakam mashina.
Unga qarshi o‘ynash menga juda yoqardi. Portugaliya uchun amalga oshirgan ishlari tarixiy ahamiyatga ega. Uning o‘rnini to‘ldirish juda qiyin bo‘ladi», — dedi Grizmann.