«Lans» klubi Didye Degardni yangi bosh murabbiy etib tayinladi. Bu haqda jurnalist Fabritsio Romano ma’lum qildi. Fransiyalik mutaxassis o‘z vazifasini darhol bajarishga kirishadi.
Manbaga ko‘ra, avvalgi murabbiy Per Saj dushanbadan beri o‘ziga bildirilgan barcha takliflarni rad etgan. U hozircha futbolga tanaffus berishni istamoqda.
Eslatib o‘tamiz, «Lans» Fransiya chempionatida ishtirok etadi.