Live
3
O'zbek

«Bornmut» ketma-ket 9 ta g‘alabaga erishib, o‘z tarixidagi eng yaxshi seriyani qayd etdi

Futbol
21 noyabr, 15:46
Roze jamoasi bu oraliqda «MYU», «Milan» va «Aston Villa»ni yirik hisobda mag‘lub etdi.
«Bornmut» ketma-ket 9 ta g‘alabaga erishib, o‘z tarixidagi eng yaxshi seriyani qayd etdi
Foto: Bournemouth
21.11.2026 FT Angliya Premer-ligasi Bornmut Bornmut 2 : 0 Nottingem F Nottingem F

«Bornmut» klubi o‘z tarixidagi eng uzun g‘alabali seriyani qayd etdi.

Marko Roze jamoasi APLning 11-turida «Nottingem Forest»ni 2:0 hisobida mag‘lub etdi. Bu «bo‘rilar»ning ketma-ket to‘qqizinchi g‘alabasi bo‘ldi. Klub tarixida bungacha bunday uzun g‘alabali seriya kuzatilmagan.

9 ta g‘alabaning 4 tasida «Bornmut» yirik hisobda zafar quchdi. Jamoa «Manchester Yunayted», «Milan», «Aston Villa» va «Shturm» darvozasiga javobsiz uchtadan to‘p kiritdi.

O‘tgan 9 ta bahsdagi umumiy to‘plar nisbati — 23:2.

«Bornmut»ning keyingi raqibi Yevropa ligasi doirasida «Selta» bo‘ladi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Bornmut Bornmut
  • Nottingem F Nottingem F
  • Angliya Premer-ligasi Angliya Premer-ligasi
Bugungi yangiliklar