Yan Nepomnyashiy Magnus Karlsenning Bibisara Assaubayeva va Vladislav Artemeyevga qarshi partiyalarni ataylab oʻtkazib yuborganini keskin tanqid qildi.
«Menimcha, bunday holatda o‘yinchi turnirdan chetlatilishi kerak. Texnik yig‘ilishda aynan shu masalani ko‘targandim va bizga barcha partiyalarni o‘ynash majburiy ekani aytilgandi. Ammo, aytganlaridek, qoidalar hamma uchun bir xil emas», — dedi Nepomnyashiy ChessBase India nashriga bergan intervyusida.
Uning fikricha, Karlsenning bu harakati nafaqat raqiblariga, balki tashkilotchilar va tomoshabinlarga nisbatan ham hurmatsizlikdir.
UzChess yozishicha, Nepomnyashiy hakamlar vaziyatga aralashishi kerak bo‘lganini ta’kidlab, yuz bergan voqeani «jirkanch holat» deb baholadi.
Nepomnyashiy: «Karlsen turnirdan chetlatilishi kerak edi!»
Boshqalar
21 noyabr, 15:22
Norvegiyalik grossmeysterning Total Chess turnirida ayrim partiyalarni o‘ynamagani noroziliklarga sabab bo‘ldi.
Foto: UzChess